MARKAZDA "YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO'Q DEYDI!" MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI
Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida yosh avlodni halollik ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim tashabbus – "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!" mavzusidagi rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi. Pedagogika, psixologiya va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlovda markazning barcha tinglovchilari va professor-o'qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar o'z ijodiy ishlarida korrupsiyaning jamiyatga keltiradigan zararini tasvirlab, unga qarshi kurashishning muhimligini ranglar va shakllar orqali ifodalashdi. Bu kabi tadbirlar yoshlar ongida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga va adolatli jamiyat qurish g'oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati