2026-yil 10-fevral kuni “Pedagogik faoliyatda suniy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida o'quv-trening mashg`uloti o'tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida 2026-yil 6-yanvar kuni A.Turdiyev raisligida o`tkazilgan majlis qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat pedagogik mahorat markazida 2026-yil 10-fevral kuni markazning informatika fani o`qituchilari A. Jumabayev va O. Sulaymanovlar boshchiligida “Pedagogik faoliyatda suniy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida o'quv-trening mashg`uloti tashkil etildi. Mashg`ulotda markazning barcha professor-o‘qituvchilari va metodik yordam bo`limi hodimlari ishtirok etdi. O'quv-trening asosiy maqsadi – pedagoglarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan darsni rejalashtirish, didaktik material tayyorlash, baholash va refleksiya jarayonlarida samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdir Seminar-trening davomida SI imkoniyatlari bilan tanishtirish, o‘qituvchining ish vaqtini tejash yo‘llarini ko‘rsatish, SI’dan xavfsiz va maqsadli foydalanish madaniyatini shakllantirish vazifalari amalga oshirildi. O'quv-trening mazmuni Ishtirokchilarga sun’iy intellektning mohiyati, pedagogik faoliyatdagi o‘rni hamda imkoniyatlari tushuntirildi. SI quyidagi vazifalarni bajarishi mumkinligi ko‘rsatib berildi: • Dars rejasi tuzish • Test va mashqlar yaratish • Murakkab mavzularni soddalashtirish • Differensial topshiriqlar ishlab chiqish • Baholash mezonlarini tayyorlash • Natijalarni tahlil qilish Shu bilan birga, SI o‘qituvchini almashtirmasligi, yakuniy baholash va mas’uliyat pedagog zimmasida qolishi alohida ta’kidlandi Trening interaktiv va amaliy shaklda tashkil etildi. Ishtirokchilar quyidagi topshiriqlarni bajarishdi: • “Eng yaxshi prompt” tanlovi • 5 daqiqada dars rejasini tayyorlash • Bir mavzu asosida 3 xil o‘quvchi uchun differensial topshiriq ishlab chiqish • SI xatolarini aniqlash va tanqidiy tahlil qilish • SI yordamida ijodiy dars elementi yaratish Amaliy jarayon davomida pedagoglar sun’iy intellektdan foydalanib 45 daqiqalik dars rejasini 5–10 daqiqada tayyorlash, test savollari va baholash mezonlarini ishlab chiqish, hisobot va metodik tavsiyalar yozish bo‘yicha tajriba orttirdilar Treningda SI’dan foydalanishda o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini kiritmaslik, SI javoblarini tanqidiy tekshirish, halollik madaniyatini shakllantirish, yakuniy qaror va baholashni o‘qituvchi zimmasida qoldirish tamoyillarga amal qilish zarurligi tushuntirildi Pedagoglar uchun samarali prompt yozishning “oltin formulasi” taqdim etildi. Har bir prompt quyidagi 5 unsurdan iborat bo‘lishi tavsiya qilindi: 1. Rol 2. Vazifa 3. Kontekst 4. Cheklov 5. Natija formati Shuningdek, universal prompt shabloni ham berildi. Mazkur trening pedagoglarning sun’iy intellektdan ongli, xavfsiz va samarali foydalanish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qildi. Trening yakunida ishtirokchilar SI’ning pedagogik jarayondagi real imkoniyatlarini anglab yetdilar, vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish yo‘llarini o‘rgandilar, tanqidiy fikrlash asosida SI’dan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirdilar. Sun’iy intellekt – bu o‘qituvchini almashtiruvchi emas, balki uning samaradorligini oshiruvchi yordamchi vosita ekanligi alohida qayd etildi.