21-noyabr kuni XALQARO TADQIQOTLAR. PIRLS TADQIQOTIDA DARAJALAR TASNIFI mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Ra'noxon Hoshimova Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi tinglovchilari uchun "Xalqaro tadqiqotlar: PIRLS tadqiqoti darajalari" mavzusidagi dars mashg'ulotida ishtirok etdik.

Mashg`ulot o‘zining interaktivligi, amaliy yondashuvlari va chuqur tahlillari bilan tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi. PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) kabi xalqaro tadqiqotlar o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholashda global standart bo'lib xizmat qiladi. Bu dars orqali kelajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilarni xalqaro baholashga tayyorlashning zamonaviy usullari bilan tanishdilar.