Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Jumaboyev Abdulxamid AKT kuni doirasida “Bilimlar bellashuvi: auditoriyada ‘O‘z o‘yinini’ tashkil etish” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida 2026-yil 6-yanvar kuni A. Turdiyev raisligida o‘tkazilgan majlis qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat pedagogik mahorat markazida 2026-yil 5-may kuni seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan samarali foydalanish, xususan, “Bilimlar bellashuvi” usuli orqali darslarni qiziqarli va samarali tashkil etish masalalari yoritildi. Ushbu metod yordamida: • talabalar faolligini oshirish • jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish • mustaqil fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Seminar jarayonida JeopardyLabs.com platformasi amaliy jihatdan ko‘rsatib berildi. Mazkur platforma orqali: • fanlar bo‘yicha kategoriyalar yaratish • savol-javoblar tuzish • ball tizimini belgilash • interaktiv o‘yin tashkil etish imkoniyatlari mavjudligi tushuntirildi. Amaliy qismda o‘yinni yaratish bosqichlari bosqichma-bosqich ko‘rsatildi: 1. Platformaga kirish 2. Yangi o‘yin yaratish 3. Kategoriyalar kiritish 4. Savol va javoblarni joylashtirish 5. O‘yinni namoyish etish ________________________________________ Xulosa: Mazkur seminar-trening o‘qituvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, dars jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishda muhim o‘rin tutadi. Interaktiv platformalardan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish mumkinligi yana bir bor tasdiqlandi.