BAYROG'IMIZ – G'URURIMIZ, IFTIXORIMIZ!
Bugun, 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zohida Xolmirzayeva rahbarligida Kimyo kursi tinglovchilariga "Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, iftixorimiz" nomli davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat bayrog‘ining yaratilish jarayoni, uning ranglaridagi chuqur ramziy ma’no va yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tinglovchilar o‘z bilimlarini o‘rtoqlashib, bayrog‘imizga nisbatan chuqur hurmat va iftixor tuyg‘ularini namoyon etdilar.
Uchrashuv ishtirokchilarida milliy g‘urur va Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbat tuyg'usini yanada mustahkamladi, kelajakda fidokor o'qituvchilar sifatida yurtimizga xizmat qilishga undadi.