BIOLOGIYA YO'NALISHI TINGLOVCHILARI "ZAKOVAT"DA BELLASHDILAR
Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Xidoyat Abdullayeva rahbarligida biologiya yo'nalishi tinglovchilari uchun intellektual stimullarga boy dars mashg'uloti tashkil etildi.
Tinglovchilar 4 ta guruhga bo'linib, bilimdonlik va chaqqonlikni talab qiluvchi "Zakovat" intellektual o'yinida o'zaro bellashdilar. Bu qizg'in bahs-munozaralar va mantiqiy savollarga boy o'yin tinglovchilarning nafaqat biologiya bo'yicha bilimlarini, balki tezkor fikrlash va jamoada ishlash ko'nikmalarini ham sinovdan o'tkazdi.
Bilimlar jangida "Ibn Sino" va "Beruniy" jamoalari o'zlarining yuqori intellektual salohiyatini namoyish etib, eng yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Bu kabi interaktiv darslar tinglovchilarning fanga bo'lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni kelajakda malakali mutaxassis bo'lib yetishishga undaydi.