“Biz korrupsiyaga qarshimiz!”

Yangiliklar

Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasining Ona tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-guruh tinglovchilari korrupsiyaga qarshi kurash g‘oyasini targ‘ib etish maqsadida ijodiy rasm chizish mashg‘ulotida faol ishtirok etdilar.

Tinglovchilar o‘z ishlari orqali halollik, poklik va adolat tamoyillarini tasvirlab, korrupsiyaning jamiyat ravnaqiga salbiy ta’sirini obrazli tarzda ifodaladilar.

Ushbu tashabbus tinglovchilarda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, halollik madaniyatini keng targ‘ib etish va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.

N.Nuriddinova G.Otaxonova