BOSH LANG'ICH TA'LIM USTOZLARI BIZ - KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI TASHKIL ETISHDI

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida boshlang'ich ta'lim yo'nalishi tinglovchilari uchun Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi mudiri Muhabbatxon Samidjanova rahbarligida o'tkazilgan dars "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusiga bag'ishlandi.

Mashg'ulot davomida tinglovchilarga korrupsiyaning jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning muhimligi va halollik tamoyillarini bolalar ongiga singdirish usullari haqida chuqur tushunchalar berildi. Darsning eng qiziqarli jihati shundaki, ustozlarimiz o'zlarining bu illat haqidagi qarashlarini va unga qarshi kurashishga bo'lgan pozitsiyalarini o'zlari chizgan rang-barang suratlarda aks ettirdilar.