BOSHLANG'ICH TA'LIM USTOZLARI UCHUN MAHORAT DARSI
Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi tinglovchilari uchun samarali mashg'ulot bo'lib o'tdi. Nargiza Goyibnazarovaning tashabbusi bilan Chortoq tumanidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining tajribali pedagogi Onora Qozoqova ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Markazning boshlang'ich ta'lim uslubchisi Nargiza To'rayeva hamda Monitoring bo'limi boshlig'i Nargiza Kirgizovalar ishtirokidagi mashg'ulotda ilg'or tajribalar, interaktiv metodlar namoyish etildi.
Bunday amaliy mashg'ulotlar o'qituvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini maktablarga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.