Bugun AKT kuni doirasida NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun, Har seshanba AKT kuni doirasida Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida “Wayground orqali interaktiv ta’lim: zamonaviy o‘qituvchining yangi imkoniyatlari” mavzusida trening-seminar tashkil etildi.
Tadbirda ma’ruzachi Abdulxamid Jumabayev tomonidan Wayground platformasining interaktiv imkoniyatlari, o‘yinlar va topshiriqlar yordamida o‘quvchilar faolligini oshirish usullari yuzasidan ma’lumot berildi.
Seminar davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: Wayground platformasidan foydalanish tartibi; O‘quv materiallarini interaktiv va qiziqarli shaklda yetkazish; Dars jarayonida o‘quvchilar motivatsiyasi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Mashg‘ulot so`ngida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.