Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Kelajak soati” mashg‘ulotlarida qatnashdi.
Yangiliklar
#Kelajak_soati
“Bag’rikenglik” mavzusida o'tkazilgan bu galgi mashg‘ulotlarda o‘zaro hurmat va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini mustahkamlash, kelajak avlodni do‘stlik hamda hamjihatlik ruhida tarbiyalash kabi tushunchalar xususida fikr almashildi.
Jarayonda vazir o‘rinbosari yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi va ularning mulohazalariga quloq tutdi.