Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Bayramgul Orazturdiyeva bilan uchrashdi.
Yangiliklar
Muloqot avvalida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tomonlar kelgusidagi rejalar va vazifalarni muhokama qilishdi.
Xususan, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Bizni kuzating Telegram (https://t.me/uzedu) Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU) Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx) Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/) Veb-sayt (https://uzedu.uz/uz) Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)