Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Islom taraqqiyot banki Prezidenti doktor Muhammad Al-Jassir bilan uchrashdi.
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Islom taraqqiyot banki Prezidenti doktor Muhammad Al-Jassir bilan uchrashdi.
Tadbir davomida xorijiy hamkorlar Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekistondagi UNICEF vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio ham ishtirok etib, tashkilotning maktabgacha taʼlimni rivojlantirish borasidagi qoʻshma tashabbus va hamkorlik loyihalarini yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot chogʻida IsDB tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib,“Jalinga” multimedia studiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.