Chortoq tumanida Kasbiy rivojlanish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

Chortoq tumanidagi 21-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ijtimoiy fanlar o'qituvchilari uchun navbatdagi "Kasbiy rivojlanish soati" mashg'uloti bo'ldi. Tadbirda Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazi tarix va huquq fanlar metodisti Muhayyo Isaqova hamda mentor Gavhar Boltaboyevalar ishtirok etdilar.

Tarix, Davlat va huquq asoslari fanlaridan tashkil etilgan mashg'ulotlar o'zining interaktivligi va o'quvchilarning faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Shuningdek, yetakchi o'qituvchilarning (KRS) mashg'ulotlari asosida shakllantirilgan yig'ma jildlari ko'zdan kechirilib, qimmatli ko'rsatmalar berildi.

21-maktab yetakchisi Shaxzoda Inamova "Manbalarni aniqlashda GRAAP metodi" hamda "Sun'iy intellekt (SI) va raqamli dasturiy vositalardan samarali foydalanish" mavzusida, xususan, "Chatbot" va "ChatGBT" kabi dasturlarning ta'limdagi vazifasi, qulay va noqulay tomonlari bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.