Chust tumanida 700 nafar pedagog uchun amaliy treninglar o‘tkazildi
Seminar & Treninglar
Chust tumanida 700 nafar pedagog uchun amaliy treninglar o‘tkazildi
Bugun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan amaliy treninglar Chust tumanidagi 1-, 6-, 9-, 10- hamda 74-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotlarida 13 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 700 nafar pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan: • Dars sifatini oshirish va yangi metodikalarni amaliyotga tatbiq etish; • O‘qituvchilarga dars ishlanmalarini tuzishda metodik ko‘mak ko‘rsatish; • O‘quvchilarni fanga qiziqtirishning zamonaviy usullari bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.