ERTA TONGDAN BARCHAGA YAXSHI KAYFIYAT ULASHILDI

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Kutubxona rahbar va xodimlar yo'nalishi guruh rahbari Mahfuza Shamsiyeva va guruh tinglovchilarining tashabbusi bilan "Kitoblar tafakkur muallimlari” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida kurs tinglovchilari tomonidan kitoblar bilan bog’liq hikmatli so'zlar, kitobxonlikni rivojlantirishga bag’ishlangan sahna ko’rinishlarini namoyish etildi.Kurs tinglovchilari O.Hakimova, G.Yusupova, X.Urishovalar o’zlari yozgan mualliflik qo’shiq va she’rlari bilan faol ishtirok etdilar.Tadbir barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.