Farg’ona: vazir xorijiy mutaxassislar va “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashdi

Yangiliklar

Farg’ona: vazir xorijiy mutaxassislar va “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova Farg‘onada faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar bilan muloqot qildi. Unda xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish, xorijiy mutaxassislarni umumta’lim maktablariga jalb etish loyihasining natijalari haqida so‘z yuritildi. ⏰ Shuningdek, xorijiy tillar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi. Vazir “Kelajak”markazlari mas’ullari bilan ham uchrashdi. Unda yozgi ta’til davrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, o’quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni oromgohlar hamda to‘garaklarga jalb etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur muloqot tadbirlari “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” Respublika seminari tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tdi.