« GAR O`RGANSANG FIZIKA...» BILIMLARGA TO`LA MASHG`ULOT
Yangiliklar
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazining Fizika fani tinglovchilari uchun tashkil etilgan "Gar oʻrgansang fizika..." mavzusidagi dars mashg‘uloti ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Mahfuza Alinazarova rahbarligida o‘tgan ushbu dars, tajriba, trening, ilmiy bahs va munozaralarga boy bo'ldi.
Mashg‘ulot davomida fizikaning sirli olamiga sayohat qilib, turli jozibali fizikaviy tajribalar namoyish etildi. Bu esa tinglovchilarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mavzuni yanada chuqur tushunish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.