HISOBOTLARNI NAZORAT QILUVCHI MAXSUS KOMISSIYA FAOLIYATIDAN

Yangiliklar

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida dekabrning so'nggi kunlari har doimgidek sermazmun. Bugun yillik hisobotlarni qabul qilish jarayonining 3-kuni davom etmoqda.

Har bir tashkilotda bo'lgani kabi, bizda ham yil yakuni mas'uliyatli va hal qiluvchi palla. Markaz xodimlari, jumladan, har bir pedagog o'zining bir yillik faoliyatini sarhisob qilib, kafedralar kesimida hisobotlarini himoya qilmoqda.

Komissiya a'zolari taqdim etilayotgan yakuniy hisobotlarni sinchkovlik bilan ko'rib chiqib, baholash bo'yicha sidqidildan ish olib bormoqda. Ularning xolis yondashuvi va mehnati natijasida jarayon shaffof va samarali kechmoqda.