INGLIZ TILI USTOZLARI UCHUN "KASBNI RIVOJLANTIRISH SOATI" QIZG'IN O'TMOQDA
Bugun Namangan viloyatining har bir tumanida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 20-avgustdagi 297-sonli buyrug'iga muvofiq, ingliz tili fani o'qituvchilari uchun tashkil etilgan "Kasbni rivojlantirish soati" tadbirlari qizg'in davom etmoqda. Tayanch maktablarida o'tkazilayotgan ushbu amaliy mashg'ulotlar viloyatimizdagi ingliz tili ta'limi sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Bunday tadbirlar davomida ustozlarimiz nafaqat o'zlarining kasbiy bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirmoqda, balki jahon pedagogikasidagi eng zamonaviy metodikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo'lmoqdalar. Eng muhimi, bu platforma orqali ular o'zaro ilg'or tajriba almashib, yangi g'oyalar va innovatsion yondashuvlarni bir-birlariga ulashmoqdalar.
Kelajak avlodga sifatli xorijiy til ta'limini berishga qaratilgan bu sa'y-harakatlar, shubhasiz, yurtimiz yoshlarining global dunyoda o'z o'rnini topishida muhim ahamiyat kasb etadi.