Joylarda Ingliz tili bo'yicha "Kasbni rivojlantirish soati" tadbirlari bo'lib o'tdi
Yangiliklar
Bugun, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 20-avgustdagi 297-son buyrug'iga muvofiq, Namangan viloyatining barcha tumanlarida tayanch sifatida belgilangan maktablarda "Kasbni rivojlantirish soati" tadbirlari qizg'in davom etmoqda.
⏱Ushbu amaliy mashg'ulotlar o'qituvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirishga, zamonaviy pedagogik metodikalar bilan tanishishga va eng muhimi, o'zaro ilg'or tajriba almashishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati