Kasbiy rivojlanish tadbirlarining navbatdagi fan mentorlari uchun viloyat bosqichiga start berildi.
“2025-2026-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi 216-son buyrug‘iga asosan mentor-o‘qituvchilarni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro dasturlar asosida tayyorlash maqsadida Namangan viloyati PM markazida 2025-yil 22-23-24-25-sentyabr kunlari ijtimoiy fanlar, aniq fanlar, rus tili, ingliz tili, ona tili fanlari mentorlari uchun qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bugun, 22-sentyabr kunidan dastlabki trening mashg'ulotlariga start berilib, unda ishtirokchilar darslarni yanada samarali rejalashtirish, o‘quvchilarning ta‘lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, ularning fikrlarini tinglab, faol o‘qitish kabi ko‘nikmalar doirasida tajriba almashmoqdalar.