KIMYO FANIDA KVESTLARDAN FOYDALANISH

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida kimyo fani o‘qituvchilari kursida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Z. Xolmirzayeva tomonidan "Tabiiy savodxonlikni baholashning ahamiyati. Kimyoviy masalalar asosida ilmiy kvestlar va o‘yinlar yaratish" mavzusida ochiq mashg'ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida kurs tinglovchilariga kvestning mohiyati va uning ta'lim jarayonidagi o'rni haqida amaliy misollar asosida tushunchalar berildi. V. Yo‘dashyeva, D. Ubaydullayeva, T. Raximova, K. Mamatqulova kabi faol ishtirokchilarning kreativ yondashuvi bilan yaratilgan kimyoviy kvestlar tinglovchilar bilan birgalikda bajarildi.

Ochiq mashg'ulotda zamonaviy ta'lim metodlari, xususan, kvest texnologiyasini kimyo darslariga integratsiya qilish bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar berildi. Bu o‘qituvchilarning darslarini qiziqarli, samarali va o‘quvchilar uchun esda qolarli qilishga xizmat qiladi.