KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida maktab direktorlarining o'rinbosarlari uchun Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Baxodir Nabiyev rahbarligida o'tilgan dars "Korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy yondashuvlari" mavzusiga bag'ishlandi.
Mashg'ulotda tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarni o'zlashtirishdi, balki mavzu bo'yicha o'zlarining fikrlarini san'at orqali ham ifodaladilar – korrupsiyaga qarshi kurashni aks ettiruvchi ta'sirchan suratlar chizishdi. Bu interaktiv yondashuv mavzuni yanada chuqur anglashga va ongda mustahkam joylashishiga yordam berdi.