Mahorat markazda mentor-o'qituvchilar uchun qisqa muddatli o'quv kurslari yakunlandi

Yangiliklar

2025-yil 22-23-24-25-sentabr kunlari Namangan viloyati PMMda ijtimoiy va aniq fanlar, rus tili, ingliz tili, ona tili fanlari yo'nalishlarida tashkil etilgan mentor o‘qituvchilar ishtirokidagi o‘quv-seminari o‘z yakuniga yetdi.

Bunda mentor o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuv, metodik ishlanmalar, yangi ta’lim texnologiyalari bilan tanishtirildi hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Kurs yakunida yopilish marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mentorlik faoliyatini samarali amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallagani uchun maxsus SERTIFIKATLAR topshirildi.

Ushbu o‘quv-seminar mentor o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, hududlardagi ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati