Markaz faoliyati va boshqaruv samaradorligi xolis tahlil qilindi

Seminarlar

joriy yilning 10-sentabr kuni, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan o‘rganish jarayonlari o‘tkazildi.

Ushbu jarayon doirasida markaz xodimlari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida anonim so‘rovnoma tashkil etildi.

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — markazning boshqaruv samaradorligiga xolis baho berish, o‘quv jarayonidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflarni jamlashdan iborat bo‘ldi.

O‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda boshqaruv samaradorligini baholashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.