Markaz kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengash faoliyati

Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish markaz direktori Shuxrat Aziboyev raisligida o‘tkazildi.

Unda markaz faoliyatiga oid muhim masalalar, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ilmiy-uslubiy ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.