Markazda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Markazda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayramona va tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda markazning har bir kafedrasi o‘zining qiziqarli va ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etib, barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Bayram dasturi doirasida interfaol hamda psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan va alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan bir guruh soha vakillari e’tirof etilib, munosib taqdirlandilar.
Quvnoq kuy-qo‘shiqlar hamda jozibali raqslarga boy bo‘lgan ushbu ayyom barcha ustozlar va ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.