Markazda 2024–2026-yillardagi seminar-treninglar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati boshchiligida markazning Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, kafedra mudirlari hamda fan metodistlari ishtirokida maxsus tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2024–2026-yillar davomida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar, master-klasslar va metodik yordam tadbirlarining samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar natijalari, fanlar kesimida o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojlari va o‘quvchilarning bilim ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida kelgusi davrda seminar-treninglar sifatini yanada oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.