Markazda qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
2026-yil 16-iyun kuni Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan ona tili, nemis tili, texnologiya, boshlang‘ich ta’lim hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kursi tinglovchilari ishtirokida “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan quyidagi chiqishlar va taqdimotlar namoyish etildi: • Kafedra o‘qituvchisi A. Bustonov umumta’lim maktablarida ushbu yo‘nalishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha samarali tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. • O‘qituvchi B. Nabiyev qatag‘on siyosatining oqibatlarini yorituvchi ma’ruza qildi va “Xurriyat qurbonlari” nomli videorolikni namoyish etdi. • Katta o‘qituvchi A. Qoriyev ushbu mavzuni o‘qitishda multimedia, raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
⏰Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash, ularning hayoti va faoliyati haqida tinglovchilarga ma’lumotlar yetkazish hamda yosh avlodda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.