MARKAZDA SAN'AT VA HALOLLIK UYG'UNLIGI!

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida boshlang'ich ta'lim tinglovchilari uchun Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Maftuna To'xtamatova "Korrupsiyaga qarshi kurash va halollik madaniyatini shakllantirish" mavzusini tasviriy san'at darsi bilan uyg'unlashtirib, yangicha yondashuvni namoyish etdi.

Bu nostandart yondashuv mavzuni yanada qiziqarli, tushunarli va esda qolarli tarzda tinglovchilar ongiga singdirdi. Darsning asosiy maqsadi – halollik tamoyillarini mustahkamlash va korrupsiyaning zararli oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish edi.

Mashg‘ulot davomida guruhli muhokama, “Ha–Yo‘q” pozitsion o‘yini, “Muammo–Sabab–Yechim” tahlili kabi interaktiv metodlar qo‘llanilib, vaziyatli mashqlar bajarildi. Ayniqsa, tasviriy san’at orqali “Halollik” mavzusida rasm ishlash faoliyati katta qiziqish uyg'otdi. Tinglovchilar “Halol jamiyat”, “Adolatli inson”, “Korrupsiyasiz kelajak” kabi mavzularda ijodiy ishlar tayyorlab, ularni muvaffaqiyatli himoya qildilar.