MARKAZDA SHANBA - KASBIY RIVOJLANISH KUNI

Yangiliklar

Bugungi kunda pedagoglarimizning malakasini oshirish va kasbiy salohiyatini kuchaytirish uchun muhim an'ana sifatida davom etib kelayotgan Kasbiy rivojlanish kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bunda Pedagogika, psixologiya va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Stres va uni boshqarish usullari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda stres va uni boshqarish, stressorlar tog'risida ma'lumotlar berildi.

Mazkur seminar-treningda "Olov, suv va havo" enerjayzer mashqi, "Komplement", "Zanjir", "Halqa, "Uch elak" treninglari, "Shaxsiy chegaralar" meditatsiyalari o'tkazildi.

Seminar-treningda jamoadagi stressual holatlarni bartaraf etildi, ijobiy psixologik muhit yaratildi, jamoaning hamjihatligi oshdi.

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati