Markazda xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish sirlari o‘rganildi

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida an’anaviy “PD kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mas’ulligida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotga NamDU professor-o‘qituvchisi Nilufar Jamoliddinova taklif etildi va u markaz professor-o‘qituvchilari uchun “G‘oyalardan Scopus tomon: xalqaro jurnallarda nashr etishning amaliy algoritmi” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Amaliy mashg‘ulot davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi: • Ishtirokchilarning Scopus jurnallarida maqola chop etish borasidagi tajribasi va duch kelayotgan muammolari aniqlab olindi; • Xalqaro ilmiy jurnallarning asosiy talablari, tadqiqot metodologiyasini to‘g‘ri belgilash hamda IMRAD tuzilmasi bo‘yicha maqola yozish algoritmi tushuntirildi; • Seminar ishtirokchilari o‘z ilmiy g‘oyalari asosida maqolaning dastlabki IMRAD rejasini ishlab chiqdilar va guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga xalqaro ma’lumotlar bazalarida ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalar berildi.