Markazda yangi o‘quv yili oldidan muhim yig‘ilish o‘tkazildi

Tadbirlar

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tgan o‘quv yili sarhisobi hamda yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan rejalarga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda markaz direktori Shuxrat Aziboyev, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va kafedra mudirlari, metodistlar hamda barcha xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 2026–2027-o‘quv yilida pedagog xodimlarning malakasini oshirish kurslarini namunali tashkil etish, amaliy seminar-treninglar sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalardan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.