• MATEMATIKANI O`QITISHDA YANGICHA YO`NDASHUVLAR

Yangiliklar

⏰Bugun Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida odatdagidek, bilim va izlanishga to'la o'quv kuni boshlandi. Ayniqsa, Matematika yo'nalishi tinglovchilari guruhida bo'lib, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Matluba Umarovaning qiziqarli dars mashg'ulotida ishtirok etdik.

Ustoz darsni eng zamonaviy va interaktiv usullarda, tinglovchilarni faol ishtirok etishga undagan holda o'tdilar. Bu nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamladi, balki tinglovchilarga matematikaning murakkab qoidalarini ham amaliyotda qo'llash ko'nikmasini berdi.

Darsning har bir daqiqasi tinglovchilarning bilimga chanqoqligi va darsga bo'lgan qiziqishi bilan namuna bo'ldi.