Mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar Kosonsoy tumanida davom etmoqda
Seminar & Treninglar
Mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar Kosonsoy tumanida davom etmoqda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy treninglar doirasida Kosonsoy tumanidagi 5- va 18-sonli umumta’lim maktablarida navbatdagi o‘quvlar bo‘lib o‘tdi. Unda 13 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha jami 650 dan ziyod pedagog ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarda Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari mentor va yetakchi o‘qituvchilarga dars samaradorligini oshirish, kasbiy mahoratni rivojlantirish va o‘qituvchilarga manzilli metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi.