Mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar Mingbuloq tumanida davom etmoqda
Seminar & Treninglar
Mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar Mingbuloq tumanida davom etmoqda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy treninglarning navbatdagi bosqichi Mingbuloq tumanidagi 12-, 14- va 15-sonli umumta’lim maktablarida yuqori saviyada tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha mentor va yetakchi o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.
Treninglar davomida: • Dars samaradorligini oshirish va yangi metodikalarni amaliyotga tatbiq etish; • O‘qituvchilarga dars ishlanmalarini tuzishda metodik ko‘mak ko‘rsatish; • O‘quvchilarni fanga qiziqtirishning zamonaviy interfaol usullari bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.