Musiqa va nafosat bayrami

Yangiliklar

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Musiqa rahbarlari yo‘nalishi tinglovchilari ishtirokida guruh rahbari — Pedagogika, psixologiya va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Ravshanoy Aliyeva tashabbusi bilan tayyorlangan hisobot konserti dasturi namoyish etildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida orttirgan ijodiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Dastur doirasida ijro etilgan quvnoq qo‘shiqlar, jozibali raqslar, milliy laparlar va dildor kuylar barcha ishtirokchilarga yorqin taassurotlar ulashdi va yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.