Namangan tumanida 600 dan ziyod mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar o‘tkazildi

Seminar & Treninglar

Namangan tumanida 600 dan ziyod mentor va yetakchi o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar o‘tkazildi

11-avgust sanasidan buyon Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tumanlarda o‘tkazilayotgan amaliy treninglarning navbatdagi manzili Namangan tumani bo‘ldi.

Tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu seminar-treninglarda markaz direktor o‘rinbosari A. Abdullayev ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi: 2026–2027-o‘quv yili davomida tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” (KRK) hamda “Kasbiy rivojlanish soati” (KRS) tadbirlarini yuqori saviyada va samarali o‘tkazishdan iborat.

Treninglar davomida: • Dars samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish; • Pedagoglarning kasbiy mahoratini tizimli rivojlantirish; • O‘qituvchilar faoliyatiga manzilli metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.