Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida PD (Professional development-kasbiy rivojlanish) kuni!
Yangiliklar
Bugun markazimizda Namangan shahridagi “Sinergiya” texnikumi vakillari - direktor Valentina Borisova va IT fanlari o‘qituvchisi Doniyor Akramovlar mehmon bo‘ldilar.
Ular sun’iy intellektdan pedagogik faoliyatda foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazib, foydali vositalar va layfhaklar bilan bo‘lishdilar.
Pedagogik mahorat markazi va “Sinergiya” texnikumi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Oldinda yangi loyihalar va g‘oyalar kutmoqda!