Namanganda rus tili ustozlari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni"bo`lib o'tdi.
Yangiliklar
Joriy yilning 11-noyabr kuni Namangan shahrida o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
Tayanch maktab sifatida belgilangan 19-umumta'lim maktabida Namangan shahridan jalb etilgan 53 nafar yetakchi rus tili fani o'qituvchisi ikki guruhda samarali mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Ushbu tadbirlar ustozlarga o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy metodikalarni o‘zlashtirish va rus tili ta'limi sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati