NAMANGANDA YANGI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BINOSIGA TAMAL TOSHI QO`YILDI
Yangiliklar
Bugun 17-noyabr Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanidagi “Yangi Namangan shaharchasi”da barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi binosi qurilishi loyihasi bilan tanishdi.
Bu yerda 65 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga 1000 oʻrinli majmua barpo etishga kirishildi. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda jamoatchilik vakillari, nuroniylar, quruvchilar ishtirok etishdi. Jonliq soʻyilib, qurilishga "oq fotiha" berildi.
Mazkur "Pedagogik mahorat markazi" innovatsion taʼlim metodlarini amaliyotga keng tatbiq etishda muhim markaz boʻlib xizmat qiladi.