NASIBAXON AXBAYEVADAN MA’RIFIY TUHFA

Yangiliklar

Kitob — qalb chirog‘i, ezgulik elchisi. Namangan viloyati PMMda davom etayotgan kitob marafoni doirasida navbatdagi quvonchli voqea yuz berdi.

Markazimiz tinglovchisi Nasibaxon Axbayeva “Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni” arafasida kutubxonamizga 7 ta yangi va qiziqarli kitoblarni taqdim etdi.

Hozirda bino foyelarida ochiq kitob javonlari faoliyat yuritmoqda. Maqsadimiz — har bir tinglovchi uchun kitobni yanada yaqin va qulay qilishdir.

Siz ham marafonda ishtirok eting! 25-fevralga qadar davom etadigan marafonimizda qatnashing va kutubxonamiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing. Sizning sovg‘angiz kimdir uchun yangi bilimlar eshigini ochishi mumkin!

Manzil: Markaz kutubxonasi.