Nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi

Xalqaro hamkorlik

Nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Gyote (Goethe) Instituti bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRK va KRS) tadbirlari doirasida nemis tili fani master-trenerlari hamda mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Ushbu o‘quvlarda Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi M. Mamadaliyeva ham ishtirok etmoqda.

O‘quvlar davomida xalqaro standartlar asosida dars o‘tish, CEFR talablari bo‘yicha til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari o‘rganilmoqda.