Raqamlashtirish va sun'iy intellektni joriy etish bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchi-professorlari uchun “Boshlang‘ich sinflarda VR texnologiyalari asosida tabiiy fanlarni o‘qitish” mavzusida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida 2026-yil 6-yanvar kuni A. Turdiyev raisligida o‘tkazilgan majlis qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat pedagogik mahorat markazida 2026-yil 17-fevral kuni seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir Raqamlashtirish va sun'iy intellektni joriy etish bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchi-professorlari uchun “Boshlang‘ich sinflarda VR texnologiyalari asosida tabiiy fanlarni o‘qitish” mavzusida o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi — boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishda VR (Virtual Reality) hamda AR (Augmented Reality — kengaytirilgan reallik) texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, dars jarayonlarini zamonaviy raqamli vositalar yordamida tashkil etishning samarali usullarini namoyish etishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida ishtirokchilarga: • VR va AR texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni, afzalliklari hamda metodik imkoniyatlari; • tabiiy fanlar mavzularini VR/AR orqali vizuallashtirish va interaktiv o‘qitish yondashuvlari; • dars ishlanmasiga VR/AR elementlarini kiritish bosqichlari; • xavfsizlik va texnik talablarga rioya qilgan holda VR/ARdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. Amaliy qism natijalari Amaliy mashg‘ulotlar davomida qatnashchilar: • VR texnologiyasidan foydalanish, VR kontentni ishga tushirish va dars jarayoniga moslashtirish; • AR texnologiyasi yordamida (telefon/planshet orqali) 3D obyektlarni ko‘rsatish, model va animatsiyalar bilan ishlash; • VR/AR asosida tabiiy fanlar bo‘yicha mini-dars ssenariysi tuzish va namoyish etish; • dars jarayonini interaktiv, ko‘rgazmali va o‘quvchi faolligini oshiruvchi shaklda tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminar yakunida boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishda VR va AR texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, mavzularni aniq tasavvur qilish, hamda tajribaviy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan mazkur yondashuvni dars jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.