ROSSIYALIK METODISTNING NOYOB MASHG`ULOTI

Yangiliklar

Bugun, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida "rus tili va adabiyoti fani" tinglovchilari uchun Rossiyaning nufuzli "Gertsen" nomidagi Davlat Pedagogika Universiteti metodisti A. Zatsepin tomonidan o'ziga xos dars mashg'uloti o'tkazildi.

Ushbu mashg'ulot davomida tinglovchilar o'z yurtimiz maktablarida rus tili va adabiyoti fanini o'qitishda duch kelinayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Rossiyalik mehmon o'zining boy tajribasi asosida dars sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha "rus tajribasi" haqidagi tinglovchilarning barcha savollariga atroflicha javob berdi.

Bunday xalqaro hamkorliklar o'qituvchilarimizning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim jarayoniga yangi va zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.