Ruhiy yuksalish va mahorat: "Yuksalish maktabi"da maxsus treninglar

Yangiliklar

Ruhiy yuksalish va mahorat: "Yuksalish maktabi"da maxsus treninglar

19-may kuni Namangan viloyati pedagogik mahorat markazining Pedagogika, psixologiya va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Yuksalish maktabi"da o‘zgacha muhit yaratildi. Kafedra mutaxassislari pedagoglar va o‘quvchilar uchun qator psixologik treninglar tashkil etishdi. Mashg‘ulotlar davomida: Shaxsiy rivojlanish va motivatsiya; Emotsional intellektni oshirish; Jamoada ishlash va samarali muloqot sirlari bo‘yicha interfaol mashqlar o‘tkazildi. Bunday treninglar nafaqat bilim berish, balki ishtirokchilarning ruhiy quvvatini oshirish va ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.