SINGAPUR TAJRIBASI. MAKTABGACHA TA'LIMDA YANGI MARRALAR
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini yaxshilash va bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida, O'zbekiston "Marshall Cavendish education" Pte. LTD (Singapur) tashkiloti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
🟡Bugun tajribali Singapore mutaxassislari tomonidan O'zbekistondagi tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va direktor o'rinbosarlari uchun navbatdagi ZOOM platformasi orqali onlayn mashg'ulot o'tkazildi. Ishtirokchilar "Qo'vnoq matematika", "Bilag'on bolajon", "Kasbiy mahoratni rivojlantirish" va "Liderlik mahoratini rivojlantirish" mavzularida o'z bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirib bormoqdalar.
Bu hamkorlik bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun maktabgacha ta'lim tizimiga xalqaro tajribalarni keng joriy etishda muhim qadamdir.