TA'LIM VAZIRI NAMANGAN VILOYATIDA TA'LIM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARINI O'RGANDI

Yangiliklar

Bugun O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Namangan viloyatiga tashrif buyurib, viloyatdagi ta'lim muassasalarining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik darajasi hamda Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazi yangi binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrifning asosiy maqsadi - ta'lim sifatini oshirish va o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

Vazir E'zoza Karimova qurilish sohasining mas'ullari bilan suhbatlashib, bo'lajak PMM binosining hajmi va imkoniyatlarini yanada kengaytirish, zamonaviy talablarga moslashtirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati