TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK !

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi eng jonkuyar va fidoyi xodimlaridan biri, Uzluksiz ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi Murodov Sirojiddin o‘z tavallud kunlarini nishonlamoqdalar.

Sirojiddinni butun jamoamiz nomidan samimiy qutlab, ularga uzoq umr, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va kasbiy faoliyatlarida doimo ulkan zafarlar tilab qolamiz! Sizning mehnatingiz va g‘ayratingiz markazimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

Har bir kuningiz quvonchga, ishlaringiz esa muvaffaqiyatlarga boy bo'lsin!